Superklub rasmаn yangi bosh murabbiyni e’lon qildi
Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan “Tottenxem” rasmiy sayti orqali Roberto De Dzerbining jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi.
Mutaxassis bilan uzoq muddatli shartnoma imzolanganini ta’kidlandi.
Avvalroq OAV 46 yoshli murabbiy besh yillik mehnat shartnomasi imzolashi haqida xabar bergan edi.
Italyalik murabbiy avval Angliya Premier-ligasida ishlagan, u “Brayton” jamoasini boshqargan. De Dzerbining so‘nggi ish joyi Fransiyaning “Marsel” klubi bo‘lib, u yerni 2026 yilning fevralida tark etgan edi.
Bundan tashqari, u “Shaxtyor Donetsk”, “Sassuolo”, “Benevento” va “Palermo” kabi jamoalar bilan ishlash tajribasiga ega.
29 mart kuni “Tottenxem” joriy yil 14 fevralda tayinlangan murabbiy Igor Tudorni ishdan bo‘shatgan.
Tudor joriy mavsumda jamoani boshqargan uchinchi mutaxassis bo‘ldi. Bundan oldin klub daniyalik Tomas Frank va avstraliyalik Angelos Postekoglu bilan ham xayrashgan edi.
Fikrlar