Superklub uchta zo‘r darvozabon topib qo‘ydi

  • 10 iyun, 07:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” rahbariyati oxirgi bir necha mavsumda jamoa darvozasini qo‘riqlab kelgan Mayk Menyan bilan xayrlashishga tayyor.

Tecno

Oxirgi to‘rt yilni Milanda o‘tkazgan 29 yoshli frantsiyalik golkiperni “Chelsi” o‘z safiga chorlamoqda va bu borada Italiya klubiga ikki marta taklif ham yubordi.

O‘z navbatida, “Milan” yangi posbon qidiryapti. Hozircha, skautlar klub mutasaddilariga uch nafar mahoratli darvozabonni tavsiya qilmoqda.

Milan News nashrining ma’lum qilishicha, milanliklarning asosiy nishoni “Roma”ning serbiyalik darvozaboni Mile Svilar hisoblanadi. Shuningdek, ro‘yxatga zaxira varianti sifatida kiritilgan “Parma” vakili Dzion Suzuki va “Napoli”ga tegishli bo‘lgan Eliya Kaprile nomzodlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

“Milan” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Mayk Menyanni jamoada qolishga ko‘ndirmoqchi bo‘lganiga qaramay, frantsiyalik golkiper muhitni o‘zgartirishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
10/06/2025 13:42
качон Аллегри булди?