Superklubdagilar “Real”ning eng arzon yulduzini olib ketishadi

  • 19.12.2025 06:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliganing eng kuchli klublaridan hisoblangan “Borussiya Dortmund” yozgi transfer bozorida tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Sport Bild xabariga ko‘ra, dortmundliklar “Real”ning yosh va istiqbolli himoyachisi Viktor Valdepenyasga qiziqyapti.

Madridliklar o‘yinchisi bir necha klublar e’tiborini o‘ziga qaratgan. Avvalroq 19 yoshli futbolchiga “Arsenal” ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Valdepenyas yaqinda “Real”ning asosiy jamoasi safida ilk bor maydonga tushib, La Ligada “Alaves”ga qarshi  o‘yinda debyutini nishonladi.

Viktor Valdepenyas himoyada bir nechta pozitsiyada, xususan markazda ham, chap qanotda ham o‘ynay oladi. Transfermarkt portali mutaxassislari Valdepenyasni 500 ming evroga baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!