Superkompyuter EChLning yangi mavsumida qaysi jamoa favorit ekanligini taxmin qildi. "Real" kuchli uchlikda ham yo‘q

  • 27 avgust, 2022, 15:26
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superkompyuter Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi barcha ishtirokchilarning keyingi o‘yinlarini tahlil qilib, ularning turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi. Bu haqda “FiveThirtyEight” nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Evrokuboklarning asosiy favoriti "Bavariya" deb topilgan. Superkompyuter nemis grandining g‘alaba qozonish ehtimolini 21 foiz deb belgilagan. Ikkinchi o‘rinni Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi egalladi - 18%. Kubok uchun davogarlar uchligini Frantsiyaning PSJ jamoasi 14 foiz bilan yakunlagan. Keyingi o‘rinlarni esa “Liverpul” (9 foiz) va “Real” (7 foiz) band etgan.

Eslatib o‘tamiz, kubokning amaldagi sohibi "Real" Madrid hisoblanadi. Karlo Anchelotti jamoasi o‘tgan mavsum finalida “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!