Superkompyuter Ispaniya chempionatida qaysi jamoa chempion bo‘lishini aniqladi. “Barsa” sovrindorlar qatorida yo‘q!

  • 21 dekabr, 2023, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Opta superkompyuteri Ispaniya chempionatida qatnashayotgan jamoalarning chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Tecno

Tahlillarga ko‘ra, bu gal sovrin “Real”ga nasib etishi kerak. Madridning yana bir vakili “Atletiko” vitse-chempion bo‘ladigan.

Sun’iy intellekt hisob-kitobiga ko‘ra, ayni paytda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Jirona” mavsumni uchinchi pog‘onada yakunlaydi.

Amaldagi chempion – “Barselona” esa, chempionatda medalsiz qoladi. Kompyuter kataloniyaliklar to‘rtinchi o‘rinni egallashini tahlil qilib berdi. Agar shunday bo‘lib chiqsa, “Barselona” so‘nggi 20 yildagi eng yomon natijasini qayd etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Utabayev Baxtiyor
21/12/2023 19:34
Bu xato fikr Borselona kamida ikkinchi o'rinni egallaydi.