Superliga. "Qizilqum" "Andijon"dan ustun keldi

  • 09.11.2025 16:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Superliganing 28-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" — "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur o‘yinda navoiyliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq mehmonlar futbolchisi Kristian Novak o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ammo hakam tomonidan birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Damir Temirov havodan uzatilgan to‘pni boshi bilan aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi. 73-daqiqada Shoxruz Norxonov hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib, "konchilar"ga g‘alaba taqdim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!