Superliga. 4-tur o‘yinlarining boshlanish vaqti bilan tanishing
Bugun OKMK - "So‘g‘diyona" hamda "Dinamo" - "Nasaf" o‘rtasidagi uchrashuvlar bilan Superliganing 3-turi o‘z nihoyasiga yetadi.
Onlayn turnir jadvalidа "Neftchi" 9 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlardagi "Lokomotiv" va "Buxoro" hisobida 7 ochkodan mavjud. "So‘g‘diyona", OKMK hamda "Mash’al" esa hali ochko qo‘lga kiritmadi.
O‘zbekiston Superligasining 4-turi esa 18 mart kuni "Qo‘qon-1912" - "Navbahor" ishtirokidagi bahs bilan start oladi. Tur 20 mart kuni "So‘g‘diyona" - "Paxtakor" ishtirokidagi bellashuv bilan yakunlanadi. Barcha to‘qnashuvlarning boshlanish vaqti bilan tanishing.

Fikrlar