
Superliga 7-turida qaysi o‘yinga eng ko‘p muxlis tashrif buyurdi? Eng kamichi?
4-6 may kunlari Superligada 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.
Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislarining statistikasini tanishtiramiz.
Bu gal stadionlarimizga jami 22496 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 3214ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Andijondagi “Bobur arena”da qayd etildi. “Andijon” – “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi vodiy derbisini 7006 odam shohidiga aylandi.
Eng kam ishqiboz yana Muborakda. “Mash’al” – “Lokomotiv” bahsini 675 tomoshabin kuzatdi. Avvalgi turlarda ham Muborak eng kam muxlislar qayd etilgan hududga aylangandi.
Turning markaziy bellashuvlaridan biri “Bunyodkor” – “Nasaf” qarama-qarshiligini 1920 muxlis bevosita stadiondan tomosha qildi.
Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):
“Andijon” – “Qo‘qon-1912” 1:2. 7006 tomoshabin
“Turon” – “Paxtakor” 1:1. 5600 tomoshabin
“Metallurg” – “So‘g‘diyona” 0:2. 3910 tomoshabin
“Surxon” – AGMK 0:1. 2153 tomoshabin
“Bunyodkor” – “Nasaf” 2:0. 1920 tomoshabin
“Qizilqum” – “Navbahor” 1:1. 1232 tomoshabin
“Mash’al” – “Lokomotiv” 1:4. 675 tomoshabin
Fikrlar