Superliga. 8-tur yakunlandi. Turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

  • 19.04.2026 21:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Superliganing 8-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda bir qator qiziqarli va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, turning markaziy o‘yinida "Neftchi" va "Nasaf" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Unda far‘gonaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qo‘zondi.

Shuningdek, "Paxtakor" — "Dinamo" uchrashuvi ham keskin kurashlarga va gollarga boy tarzda o‘tdi — 4:2.

Ayni paytda turnir jadvalida Kamoliddin Tojiev shogirdlari peshqadam bo‘lib turibdi. Ularning hisobida 21 ochko mavjud.

Quyida turnir jadvalidagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!