
Superliga. Asabiy tarzda kechgan "Qo‘qon-1912" va "Dinamo" o‘yinida kuchlar teng keldi
Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi - 2:2. E’tiborlisi, bellashuvda kiritilgan har to‘rttala golga samarqandliklar mualliflik qilishdi.
Jasur Azimov ikki bor penaltidan Sarvar Karimov darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, Bobur Qosimov va Mirkomil Loqaevlar o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishdi. Shu tariqa, Aziz To‘xtaboev shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 7 taga etdi va jamoa turnir jadvalida so‘nggi, 14-o‘rindan ko‘tarila olmadi.
Davron Fayziev boshqaruvidagi "Dinamo" esa 15 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar