
Superliga. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Metallurg" "Lokomotiv" bilan durang o‘ynadi
Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Davron Hoshimovning raqib o‘yinchisiga nisbatan qo‘pol harakat qildi va maydondan chetlatildi. Marko Milichkovich 27-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Valeriy Kichin ham aynan 11 metrli jarimadan foydalanib hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, jamoalar ikkinchi davrani durang bilan boshladi.
Fikrlar