
Superliga: Birinchi davrada stadionlarga qancha muxlis keldi?
O‘zbekiston Superligasi birinchi davra yakunlari bo‘yicha yashil maydonlarda futbolni tomosha qilish uchun qancha muxlislar tashrif buyurgani bilan tanishtirib o‘tamiz.
Futbolni sog‘ingan muxlislar ilk turda 60689 nafarni tashkil etishdi. Toshkent derbisida "Paxtakor" va "Lokomotiv" qarama-qarshiligini ko‘rish uchun 17550 muxlis tashrif buyurgan. Olmaliqda AGMK klubining dastlabki tur o‘yini uchun 3113 ishqiboz kelgan.
Dastlabkisidan biroz ko‘paygan ikkinchi turda 61996 nafar muxlis to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionda o‘z suyuklilarini qo‘llab turishgan. Navbatdagi Toshkent derbisi "Bunyodkor" va "Paxtakor" qarama-qarshiligida 18770 muxlis tashrifi kuzatilgan. Toshkentda bo‘lib o‘tgan yana bir uchrashuv "Lokomotiv" va "Navbahor" jamoalari to‘qnashuvida 4118 nafar muxlis kelgan.
Oldingi ikki turga nisbatan uchinchi turda kamroq tomoshabinlar stadionga kelishdi. 49055 nafar ishqiboz tashrifi kuzatilgan. "Paxtakor" va "Nasaf" o‘zaro to‘qnashuviga 14670 muxlis kelgan. "Lokomotiv" o‘z uyida "Andijon"ni qabul qilgan bahsda 2125 nafar futbol shaydosi tashrif buyurgan.
To‘rtinchi turda sezilarli o‘zgarish bilinmadi. Bu safar 49803 muxlisni 7 ta stadion o‘z bag‘riga oldi. Qarshida bo‘lib o‘tgan "Nasaf" va "Navbahor" jamoalari o‘zar to‘qnashgan bellashuvga 14586 muxlis keldi. TTYMI mezbonlik qilgan tur o‘yinida "Lokomotiv" va AGMK jamoalari o‘zaro o‘ynadi va 1819 nafar ishqiboz kelgan.
Superliganing beshinchi turida 51251 nafar futbol ishqibozi stadionga kelgan. "Andijon" o‘z uyida "Nasaf"ni qabul qilgan uchrashuvga 16856 muxlis tashrif buyurdi. Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini qabul qilgan AGMK o‘yiniga esa 1420 tomoshabin kelgan.
Oltinchi turda muxlislar soni 52475 tani tashkil etdi. Ushbu turda "Buxoro" jamoasi o‘z uyida "Bunyodkor"ni qabul qildi va stadionga 15 547 ta ishqiboz tashrif buyurdi. "Lokomotiv" o‘z uyida 3:1 hisobida "Qizilqum"ni mag‘lub etgan o‘yinga bor-yo‘g‘i 867 muxlis kelgan edi.
Ettinchi turga kelib sezilarli darajada o‘zgarish ro‘y berdi. 69595 inson Superliganing ushbu tur o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadiondan ko‘rib bordi. Namanganda "Navbahor" jamoasi Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubini qabul qilgan va 25727 nafar muxlis tashrif buyurgan. Yana o‘sha TTYMI o‘yingohi "Lokomotiv" va "Qo‘qon-1912" bahsida o‘z bag‘riga 2013 nafar muxlisni qabul qildi.
Sakkizinchi tur o‘yinlariga 51758 ishqiboz stadionlarga tashrif buyurdi. Bu safargi tur o‘yinida Qarshilik muxlislar son jihatdan sifat ko‘rsatishdi. "Nasaf" va "Qizilqum" o‘yinida 14253 nafar futbol shaydosi kelgan. Jizzaxda "So‘g‘diyona" va "Andijon"ning o‘zaro bahsiga 2770 ta ishqiboz keldi.
To‘qqizinchi turda muxlislar tashrifi keskin pasayib ketdi. Bu safargi ko‘rsatkich 39834 tani tashkil etdi. "Navbahor" jamoasi "Metallurg"ni qabul qilgan uchrashuvda 9132 ta muxlis tashrifi kuzatildi. Olmaliqda AGMK va "So‘g‘diyona" klublari maydonda saf tortishgan bellashuvda esa 2596 muxlis kelgan.
O‘ninchi turda 54284 ishqiboz keldi. Namanganlik muxlislar yana "katta sahnada". "Andijon" jamoasini qabul qilgan o‘yinda 12900 ta ishqiboz kelgani ma’lum bo‘lgan. Bunday ko‘rsatkich Jizzaxda bo‘lib o‘tgan "So‘g‘diyona" va "Buxoro" bellashuvida 3543 tani tashkil etgan.
O‘n birinchi turda 32970 nafar ishqiboz kelgan. "Metallurg"ni qabul qilgan andijonliklarning ushbu bahsiga 7841 muxlis kelgan. AGMK va "Navbahor" uchrashuvida 2880 ihlosmand tashrifi kuzatilgan.
O‘n ikkinchi tur avvalgisiga nisbatan jonliroq bo‘lib o‘tdi va 41799 nafar tomoshabin stadionga keldi. Namanganda "Navbahor" va "Buxoro" to‘qnash kelgan uchrashuvga 10600 ishqiboz keldi. "Qizilqum"ni 8:0 hisobida mag‘lub etgan "Paxtakor" jamoasining ushbu bahsiga 3856 nafar tomoshabin kelgan.
So‘nggi o‘n uchinchi tur ettita stadionda 34404 futbol shaydosi keldi. Samarqandda "Dinamo" va "Bunyodkor" uchrashuviga 9271 tomoshabin tashrifi kuzatildi. Toshkentda "Lokomotiv" jamoasi "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va 1530 muxlis keldi.
Eng ko‘p ishqiboz ettinchi turda bo‘ldi. Bu turda 69595 nafar tomoshabin tashrifi kuzatildi. Eng kam muxlis soni o‘n birinchi turda sodir bo‘ldi va 32970 ishqiboz keldi.
Ettinchi turdan o‘rin olgan "Navbahor" va "So‘g‘diyona" bellashuvida 25727 nafar tomoshabin tashrif buyurgan va bu ko‘rsatkich birinchi davradagi eng ko‘p muxlis kelgan o‘yin bo‘ldi. Oltinchi turda "Lokomotiv" o‘z uyida "Qizilqum"ni qabul qilgan bahsda 867 tomoshabin keldi va bu birinchi davrada eng kam muxlis kelgan o‘yin bilan tarixda qoldi.
Superliga birinchi davrasida bo‘lib o‘tgan 91 bahsga umumiy 649913 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu o‘rtacha hisoblanganda har bir o‘yinga 7141,9 muxlisni tashkil etadi.
Fikrlar
Сабаби кираверишда ва СТД. атрофида мухлисларга пачка-пачка чипталар текинга таркатилади, текин булгандан кейин канчаси таркатилди канчаси таркатилмай колиб кетади, хеч кимга кизиги хам масулияти хам йук булгач ким хам хисоблаб курарди.
Бу ёги (хохлаганча кушиш ёки камайтириш)ТАВАККАЛИЗМ.
Наманганда эса хар-бир чипта хисоб китобли, хар бир чипта ТУРНИКЕТДАН утказилади, на кушиш на камайтиришни иложиси йук.
Хулоса узингиздан.
Агар хакикий мухлислар сони аник курсатилса бундан хам ёмон(шармандали) кусаткичлар келиб чикади.