Superliga. "Bunyodkor" so‘nggi pog‘onadagi "Sho‘rtan" bilan durang o‘ynadi

  • 08.08.2025 23:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuvda "Bunyodkor" "Sho‘rtan" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
 
Dastlab bellashuvning 31-daqiqasida "qaldirg‘ochlar" a’zosi Imeda Ashortia hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga "g‘uzorliklar" 45+5-daqiqada javob berdi. Golga esa G‘anisher Qodirov mualliflik qildi. 
 
Jamoalar 1 ochkodan bo‘lib olishgandan so‘ng "Bunyodkor" ochkolar sonini 31 taga etkazib olgan bo‘lsa ham 5-o‘rinda qoldi. "Sho‘rtan" esa 10 ochko bilan hali hamon so‘nggi o‘rinda bormoqda.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum
5871.png

Bunyodkor

  • Imeda Ashortia 31'
Tugadi
1 : 1

08.08.2025 21:15

11116.png

Sho'rtan

  • G'anisher Qodirov 45'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!