Superliga. "Dinamo" 4 oʻyinlik gʻalabasiz seriyasiga chek qoʻydi
Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Mash’al" klublari o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Vadim Abramov boshchiligidagi samarqandliklar o‘z uyida muborakliklarni 3:1 hisobida taslim etdi.
Dastlab, Azizbek Amonov 12-daqiqada penaltiidan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Roman Xadjiev hisobni tenglashtira oldi. Nurillo To‘xtasinov 31 hamda 45+2-daqiqalarda ikki gol kiritib, dublni rasmiylashtirdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Dinamo" ushbu g‘alabasi orqali ochkolar sonini 11 taga yetkazib olib, 13-o‘ringa ko‘tarildi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Dinamo
- Azizbek Amanov 12'
- Nurillo Tukhtasinov 31'
- Nurillo Tukhtasinov 45'
Tugadi
3
:
1
02.05.2026 19:00
Mash'al
- Roman Khadzhiev 17'

Fikrlar