
Superliga doirasidagi "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi!
Superliga 11-turi doirasidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Paxtakor” uchrashuvi 15 avgust kuni o‘tkaziladi.
Mazkur ikki klub Chempionlar ligasidagi ishtirokini sentyabr oyidan boshlaydi. Shundan kelib chiqib, Liga “Nasaf” va “Paxtakor”ning avgust oyidagi rejalariga oydinlik kiritib oldi. Unga ko‘ra, ikki jamoa 28 iyuldan boshlab, 2 sentyabrga qadar jami 9 ta uchrashuvda ishtirok etadi. Klublar O‘zbekiston superkubogida ham to‘qnash keladi.
Liga chempionat taqvimini to‘liq shakllantirishga allqachon tayyor. Buning uchun OFK tezroq avgust oyidan start oladigan Chempionlar ligasi bo‘yicha rejalariga oydinlik kiritib olishi kerak. Sababi, musobaqada “Nasaf” va “Paxtakor”dan tashqari OKMK hamda “Navbahor” jamoalari ham ishtirok etadi. Liga esa buni inobatga olishi lozim.
Mazkur havola yordamida umumiy reja bilan tanishib olishingiz mumkin. O‘yinlarning aniq sanalari esa Chempionlar ligasining konkret rejalaridan keyin rasman e’lon qilinadi.
Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.
Fikrlar