Superliga. Dramatik kechgan bahs jangovar durang bilan yakunlandi
Superliganing 3-turida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK oʻz maydonida "Soʻgʻdiyona"ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlabki boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarning birinchisi oʻtib borayotganda Lyupcho Doriev 14-hududdan zarba yoʻllab, olmaliqliklar darvozasini ishgʻol qildi. OKMK ikkinchi boʻlim avvalida muvozanatni tikladi. Chap qanotdan uzatilgan toʻpni Siavash Haqnazariy darvozaga toʻgʻrilab yubordi.
74-daqiqa kelib, burchakdan uzatilgan toʻpni Abror Karimov golga aylantirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, oʻyinning soʻnggi daqiqalarida Otabek Jўraqўziev hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi va jamoasiga 1 ochkoni taqdim etdi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
OKMK
- Siavash Haghnazari 54'
- Abror Karimov 74'
Tugadi
2
:
2
12.03.2026 19:30
So'g'diyona
- Otabek Jurakuziev 90'
- Ljupche Doriev 45'
Fikrlar