Superliga. Haqnazarining goli "Navbahor"ga g‘alaba keltirdi

  • 26.08.2024 21:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Superliga 17-turi doirasidagi "Surxon" - "Navbahor" bellashuvi yakunlandi. Uchrashuv "lochinlar"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 


Eronlik futbolchi Siyavash Haqnazarining 18-daqiqada kiritgan goli o‘yinda yagona bo‘ldi. Boshqa vaziyatlarning ba’zilarida hujumchilar noaniq o‘ynagan bo‘lsa, ba’zida darvozabonlar aniq harakat qildi. 

Shu tariqa, o‘tgan turda "Paxtakor"ni yutgan "uchar tulporlar" bu safar mag‘lub bo‘ldi, namanganliklar esa Samarqanddan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!