
Superliga jamoalarining rasmiy saytlari ishlaydimi o‘zi yo‘qmi ?!
AGMK (fc-agmk.uz)
Klub rasmiy saytining juda ko‘p qismi bo‘shab yotibdi. Bunga sabab qariyb 10 kundan buyon rasmiy sayt yangilanayotganidir. Shuning uchun “AGMK” rasmiy sayti faoliyatiga hozircha to‘xtalmaslikni lozim topdik.
P/S: Yangi saytni tashkillashtirish jarayoni 20 kundan 1 oygacha bo‘lgan muddatga cho‘zilishi mumkin.
Andijon (fcandijon.uz)
PFL sayti taqdim etgan havola orqali “Andijon” klubi rasmiy veb saytiga kirganimizda quyidagi holat yuzaga keldi:
Bunyodkor (fcbunyodkor.com)
“Bunyodkor” sayti kayfiyatga qarab ishlaydi, chog‘i. Jamoa g‘alaba qozonsa natija qo‘yiladi, aksincha esa yo‘q.
Quvonarli jihati klub rasmiy saytida jamoa haqida juda ko‘plab ma’lumotlar olish mumkin. Yuqoridagi kabi aktuallik bilan bog‘liq masalalarda “Bunyodkor” matbuot xizmati vakillarining e’tiborliroq bo‘lishlarini kutib qolamiz. Shuningdek, U-18 faoliyati ham saytda yoritib borilishi kerak.
Buxoro (pfcbuxoro.com)
Ochig‘ini aytganda, “Buxoro” klubi rasmiy veb-saytida hech narsaga tushuna olmadim. Saytda “PFK Buxoro” so‘zini inobatga olmasak, boshqa hech bir jihat na “Buxoro”, na PFL va na futbolga aloqador emas. Sayt turizm bilan shug‘ullanadi, nazarimda.
Lokomotiv (lokomotiv.uz)
Bir qarashda “temiryo‘lchilar” saytida hammasi joyidadek ko‘rinadi. Saytda klubning Superligadagi o‘yinlari to‘liqligicha yoritib borilmoqda. U-21 bo‘yicha materiallar saytga joylanmagan. U-18 umuman sayt e’tiboridan chetda: ular uchun alohida bo‘lim ham tashkil qilinmagan. Fotogalereya faoliyatini 2018 yilda to‘xtatgan, menimcha.
Mash’al (mashal.uz)
Muborakliklar saytida barcha ma’lumotlar bor. Faqat dizayn haqida biroz bosh qotirib ko‘rilsa yaxshi bo‘lar edi.
Metallurg (metallurg-pfc.uz)
“Metallurg” veb-sayti ham o‘z o‘rnida stabil ishlayapti, deb bo‘lmaydi. Sayt ancha eski va noqulay dizaynga ega. Sayt, asosan, Superliga o‘yinlarini yoritib boradi. Yoshlar jamoasi bo‘limidagi ma’lumotlar nechanchi yilga mansubligini anglay olmadim. Lekin ushbu jamoada eng kichik yoshli futbolchi 26 yoshda, eng yoshi kattasi esa 35 yoshni qarshilashga ulgurgan.
Navbahor (pfcnavbahor.uz)
Namanganliklarning rasmiy sayti ancha og‘ir yuklanar ekan. Jamoada U-18, U-21, ayollar va futzal jamoalari haqidagi bo‘limlar mavjud. Ammo u erdan faqat murabbiy kim ekanligi haqidagi ma’lumotni olish mumkin.
Nasaf (fcnasaf.uz)
Qarshiliklar rasmiy saytida klub haqidagi barcha ma’lumotlarni topishimiz mumkin. Tablo va taqvim bundan mustasno. Qarshiliklar matbuot xizmatidan bu boradagi ijobiy o‘zgarishlarni kutib qolamiz.
Paxtakor (pakhtakor.uz)
“Sherlar” saytida deyarli hamma narsa o‘z joyida. Amaldagi chempionlarning rasmiy sayti shunday bo‘lishi ham kerak. Faqat Osiyo chempionlar ligasi bo‘limi ishlamayapti. Bu xalqaro miqyosdagi turnir va shu sababdan, tez orada ushbu muammo bartaraf etilishiga umid qilamiz.
Surxon (fcsurxon.uz)
“Surxon” klubi rasmiy sayti haqida PFL rasmiy sahifasidan ma’lumot ololmadik. Lekin klubda rasmiy sayt mavjud. Afsuski, ushbu veb-sayt ham talab darajasida emas. Ushbu sayt maktab o‘quvchisining “Informatika” fanidan qilingan uy vazifasiga o‘xshaydi. Dizayn juda yomon ahvolda. Funktsionallik va kontent joylashuvi masalasida sayt ancha orqada. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning nufuz jihatidan eng yuqori turnirida ishtirok etuvchi klubga yarashmaydi.
So‘g‘diyona (fcsogdiana.uz)
Jizzaxliklarda rasmiy sayt mavjud emas.
Qizilqum (fcqizilqum.uz)
Navoiyliklarda ham rasmiy veb-sayt yo‘q.
Qo‘qon-1912 (kokand1912.uz)
“Qo‘qon-1912” sayti shu qadar faol va ishchanki, unda hatto jahon futboli yangiliklarini ham kuzatishingiz mumkin. Ammo U-18 bo‘yicha hech qanday ma’lumot topa olmadim. Klub internet saytlarining asosiy vazifasi jamoa ichidagi xabarlarga e’tibor berishligini unutmaslik maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Umuman, Superliga jamoalari rasmiy saytlarini 100 % talabga javob beradi, deyolmaymiz. Lekin ba’zi klublarda sayt umuman yo‘qligini inobatga olgan holda, xatolar haqida gapirish bizga qiyin bo‘ldi. Ammo biz allaqachon “muhimi bor-ku” deydigan paytdan o‘tdik. Barchasini isloh qilish va rivojlantirish darkor. Veb-sayti yo‘q klublarga esa nima deyishga ham hayronman.
Abdulvosid Valixonov tayyorladi.
Fikrlar
Ёрқин,сифатли ва тезкор.