Superliga. "Mash’al" o‘zaro o‘yinlardagi g‘alabalar bo‘yicha "Andijon"dan ustun
Xabaringiz bor, bugun Samvel Babayan boshchiligidagi "Andijon" Superliganing 4-turidan o‘rin olgan bahsda "Mash’al" bilan kuch sinashadi.
Ushbu ikki jamoa shu kungacha o‘zaro 36 marta to‘qnash kelgan. Ularning 19 tasida "Mash’al" klubi zafar quchgan. 16 marta "burgutlar"ning qo‘li baland kelgan. 5 ta uchrashuv durang yakun topgan. Gollar nisbati 39 - 51, ustunlik yana muborakliklarda.
O‘tgan mavsum 1-davradagi to‘qnashuvda "Andijon" 1:0 hisobida muvaffaqiyatga erishgan. 2-davrada esa "Mash’al" shu hisobda raqibini mag‘lub etgan.
Eslatib o‘tamiz, bu mavsum "Mash’al" hali gol ura olgani yo‘q. Shu sabab, jamoa 0 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi o‘rinida bormoqda. "Andijon" esa 3 ochko bilan 3-o‘rinni egalab turibdi. Bo‘lajak bellashuv soat 16:00’da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar