Superliga. "Mash’al" yana so‘nggi daqiqalarda ochkolardan mahrum bo‘ldi
Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Buxoro" klublari o‘rtasidagi ilk uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Sherzod Esanovning 86-daqiqada kiritgan goli Buxoroliklarga g‘alaba taqdim etdi.
Shuningdek, bellashuv davomida ikki jamoaning bittadan vakiliga qizil kartochka ko‘rsatildi. 66-daqiqada Rashid Abubakar "Mash’al" qizil kartochka bilan jazolangan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib, Asadbek Jo‘raboev "Buxoro" ham maydondan chetlashtirildi.
Ma’lumot o‘rnida, "Buxoro" navbatdagi 3 ochkosini qo‘lga kiritib, ochkolar sonini 17 taga yetkazib oldi va 4-o‘ringa ko‘tarildi. Muborakliklar esa hali hamon ochko to‘play olishmadi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Mash'al
Tugadi
0
:
1
27.04.2026 19:00
Buxoro
- Sherzod Esanov 86'

Fikrlar