
Superliga mojaro bilan boshlandi. Shubhali qizil kartochkalar. Hakamning qarorlari to‘g‘rimi? Mutasaddilarning izohi qanday?
Superliga dastlabki turida “Paxtakor” va “Navbahor” o‘zaro kuch sinashdi. O‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘ygan bu ikki jamoaning o‘yini ilk turdayoq bahs munozaralarga sabab bo‘ldi.
Jamoalarning avvalgi to‘qnashuvlari kabi bu galgi uchrashuvi ham shiddatli kechdi. Futbolchilar bir-birlarini ayab o‘tirishmadi. Natijada sariq kartochkalardan tashqari 2 ta qizil kartoqka ham ko‘rsatishdi.
Ogohlantirishlar o‘z yo‘liga. Keling chetlatishlar nechog‘lik to‘g‘ri ekanligiga baho beraylik.
VARni qumsab, "Paxtakor" tomonidan do‘pposlangan "Navbahor", bunday o‘yinga tayyor bo‘lmagan Andrey Kanchelskis shogirdlari
Dastlabki qizil kartochka ko‘rsatilishidan avval Egor Krimets oyoqlarining tagi bilan raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Juda havfli. Chunki Krimets ikkita oyog‘ining tagi bilan futbolchiga tashlandi. Hakam bu vaziyatda uni ogohlantirish bilan cheklandi.
Birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqada sariq kartochkasi bor Islombek Isoqjonov markazda raqib o‘yinchisi bilan to‘qnashuvda uning oyog‘ini bosgan deb topildi va ikkinchi ogohlantirishdan so‘ng chetlatildi. Hakam bu erda o‘yinning ahamiyatini biroz chetga surib, mojaroli qaror chiqardi. Chunki referi bunday vaziyatga sariq kartoqcha berar ekan, nega unda Krimetsga ham avvalgi holatda ogohlantirish berib, maydondan chetlatmadi?
Dastlabki bo‘limda sariq kartochkaga ravo ko‘rilgan Hojiakbar Alijonov tanaffusdan so‘ng asablarini jilovlay olmadi va raqib bilan ochiqchasiga orani ochdi qilishga urindi. Bu erda ham Alijonovning harakatlarini ikkinchi sariq kartochkaga baholash mumkin edi.
Vanihoyat Krimets. O‘yin qahramonlaridan biri. U raqibga tegmadi ammo maydondan chetlatildi. “Navbahor” futbolchisi yiqilishni o‘xshatib berganidan, referi himoyachini chetlatmasdan boshqa chorasi yo‘q edi. Bu vaziyatda hakam avvalgi qizil kartochkasini yuvgandek edi. Biroq bitta xatoni ikkinchisi bilan yuvish to‘g‘ri emas.
O‘yindagi jarayonlar ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Ko‘ramiz endi futbol mutasaddilari bu halatlarga qanday izoh berishadi? Hakam qanchadir vaqtga chetlatilishi? “Navbahor”ning yo‘qotgan ochkosichi?...
Fikrlar
Pahtakor- Nasaf uyinida Asimov uynab bergan rol xechkim unutmagan bulsa kerak.
Уйинни Хайрулла Хамидов шархлаш керак эди!