Superliga. "Neftchi" o‘z maydonida "Nasaf"ni mag‘lub etib, jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 02.07.2023 21:57
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Neftchi hamda "Nasaf" o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, 52-daqiqada Toma Tobatadze penaltidan gol urib, hisobni ochdi. 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Azizbek Amonov muvozanatni tikladi. 84-daqiqada Toma jarimadan gol urib, "yo‘lbarslar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 

Shu tariqa, farg‘onaliklar ochkolari sonini 25 taga etkazib olgan holda, jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдигани
03/07/2023 05:25
Бу уйинда хакам уйинни улдирди. УЗИ йикилса бас уйинни тухтатади. Шу сабаб футболчиларимиз четга чика олмайдилар. Футболчилар уйнаши учун хакам булмагани макул эди. Гуе юкоридан буйрук бажараетгандек харакат килди. Шартловчи хам холис булса яхши буларди