Asosiy mazmunga oʻtish

Superliga. Oxirgi 26-turning uchta o‘yinida VAR tizimidan foydalaniladi!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Qolgan o‘yinlarda qo‘shimcha yordamchi hakamlar faoliyat olib boradi

Xabaringiz bor, 30 noyabr kuni Superligada mavsumning so‘nggi 26-turi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlarning hammasi 15:00da start olishi rejalashtirilgan. 

Jadvaldagi holatdan kelib chiqqan holda "Surxon" - "Olimpik", "Lokomotiv" - "Neftchi" va "Nasaf" - "Metallurg" bellashuvlarida VAR ishlaydi.

VARsiz o‘tadigan bahslarda esa qo‘shimcha yordamchi hakamlar faoliyat olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston Hakamlari markazi xabar berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q