
Superliga. "Paxtakor" Navoiyda "Qizilqum" ustidan g‘alaba qozondi
Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv "sherlar"ning 2:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Diyor Xolmatov 14-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Odiljon Hamrobekov 25-daqiqada farqni ikkitga oshirdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Islom Kenjaboev penaltidan Sanjar Quvvatov darvozasini ishg‘ol qildi. 78-daqiqada raqiblar xatosidan so‘ng Sardor Sobirxo‘jaev gol kiritdi. O‘yin so‘ngida Shahzod Azmiddinov to‘pni qo‘li bilan qaytargani uchun maydondan chetlatildi va penalti belgilandi. Bu vaziyatdan Akaki Shulaya unumli foydalanib hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, Maksim Shatskix shogirdalari g‘alabani tanatana qildi.
Fikrlar