Superliga. "Paxtakor" va "Bunyodkor" o‘rtasidagi eng yirik hisob yodingizdami?

  • 02.11.2025 23:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, ertaga Superliga 27-turi yakunlanadi. Ushbu tur super qarama-qarshilik bilan tugaydi. Muxlislar "Paxtakor" va "Bunyodkor" o‘rtasidagi Toshkent derbisiga guvoh bo‘ladi. 

"Paxtakor" va "Bunyodkor” o‘rtasidagi derbilar hamisha keskin to‘qnashuvlarga boy tarzda o‘tadi. Hozirgacha o‘tkazilgan 39 bellashuvning 15tasida "sherlar" g‘olib bo‘lishgan. 10ta bahsda durang va 14 o‘yinda "Bunyodkor"ning g‘alabasi kuzatilgan. "Paxtakor" 51 to‘p kiritib, 46 gol o‘tkazib yuborgan. 

Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik natija 2020 yilning birinchi davrasida kuzatilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida yutuqqa erishgan. "Paxtakor" o‘z maydonidagi bahslarda 9 g‘alaba, 6 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Gollar urish borasida ustunlik "sherlar" tarafida - 27:15.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ertaga, 3 noyabr, dushanba kuni soat 18:30da "Jar" stadionida boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!