Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superliga. «Qizilqum» — «Lokomotiv» uchrashuvida kuchlar teng keldi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Uchrashuv yakunlandi.

Superliganing 25-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv yakunlandi. «Qizilqum» o‘z maydonida «Lokomotiv»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

3-daqiqadayoq mezbonlar futbolchisi Shahzod Rahmatullaev hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada Bilol To‘pliev muvozanatni tikladi. Qolgan vaqt davomida jamoalar boshqa gol kiritmadi.

Shu tariqa, «temiryo‘lchilar»ning ochkolari soni 40 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi. «Qizilqum» esa 34 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q