
Superliga. "Qizilqum" so‘nggi soniyalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Superliga 7-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi. Unda jamoalar 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Uchrashuvdagi ilk gol 26-daqiqada Xudoyshukur Sattorov nomiga qayd etildi. Mehmonlar goliga 90+8-daqiqada Jasur Azimov mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Metallurg" ochkolari sonini 6 taga etkazib, 10-o‘ringa chiqib oldi. "Qizilqum" hisobida 14 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 2-pog‘onani band etgan.
Fikrlar