Superliga. "Surxon" soʻnggi daqiqalarda kambek amalga oshirib, "Mashʼal"ni magʻlub etdi
Superliga 9-turning ilk to‘qnashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
Anvar G‘ofurov boshchiligidagi "Surxon" o‘z maydonda "Mash’al"ni qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab, to‘qnashuvning 60-daqiqasida Samandar Ochilov 11-metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi. 85-daqiqada esa termizliklar jamoaviy harakat qilib, oradagi farqni yo‘qqa chiqarishdi. Golni esa Stefen Chinedu kiritdi. G‘alaba goli esa 90+2-daqiqada yo‘llandi. Kamron Yusupov o‘z nomini tabloda yozdirib qo‘ydi.
Bu orqali, "Surxon" ochkolar sonini 11 taga yetkazib olib, 10-o‘ringa ko‘tarildi. Muborakliklar esa 9 turdan so‘ng 0 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Surxon
- Stephen Chinedu 84'
- Kamronbek Yusupov 90'
Tugadi
2
:
1
22.04.2026 18:00
Mash'al
- Samandar Ochilov 60'

Fikrlar