Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superliga. VARsiz o‘tgan "Dinamo" - "Nasaf" o‘yini haqida

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 1

Mas’uliyatsizlikmi yoki manfaat!

Xabaringiz bor, kecha Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Ushbu turning markaziy bahsida VAR ishlamagani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

O‘yin boshlanishi oldidan atigi ikkita kamera orqali translyatsiya qilinishi haqida xabar berildi. O‘zbekiston Professional Futbol ligasi startga bir daqiqa qolganda quyidagicha axborot berdi. 

"Uchrashuv translyatsiyasini amalga oshirishi lozim bo‘lgan KTS Samarqand shahriga etib kelmagani sababli "Dinamo" - "Nasaf" bellashuvi VAR tizimisiz o‘tkaziladi".

O‘zFHM esa quyidagicha bayonot berdi:

"Ayni paytda davom etayotgan “Dinamo” — “Nasaf” uchrashuvida VAR texnologiyasidan foydalanilmayapti

Bunga asosiy sabab —  MTRKga tegishli maxsus mobil texnik vosita Samarqandga etib bormagan. Shuningdek, Samarqanddagi MTRK xodimlari VAR mashinasiga tegishli kamera orqali You Tube platformasida o‘yinni jonli efirda namoyish qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, VAR tizimidan to‘laqonli foydalanish uchun kamida 4 ta alohida kamera talab etiladi. Ushbu texnik shartlar bajarilmagani sababli bugungi bahsda VAR texnologiyasi ishga tushirilmagan".

O‘zi aslida nima bo‘lgan?

Samarqanddagi "Dinamo" - "Nasaf" o‘yiniga Jizzax KTSi (ko‘chma televizion stantsiya) kelishi kerak bo‘lgan. Samarqanddagi barcha o‘yinlarga odatda Jizzaxdan KTS keladi. "Dinamo" - "Nasaf" o‘yini borasida ham kelishuv bo‘lgan. 

Har tur oldidan bu  kelishuv bo‘ladi. O‘yin kuni belgilangan vaqtda barcha texnikalar keladi. Kechagi o‘yinda esa Jizzax vakillari telefoniga javob bermagan. Lekin Samarqandga barcha ishchi guruh -  Liga vakillari, operator, rejissyor, VAR vakillari kelgan. Asosiy muammo televideniya va Jizzax vakillarining kelisha olmagani. Jizzax esa shunchaki jo‘natmagan, buni sababi hozirgcha noma’lum. Buni MTRK tushuntirib berishi kerak. 
Eslatma: Uchrashuv translyatsiyasi va VARga to‘liqligicha televideniya javob beradi. 

Alisher Odilov yaqinda saytimizga bergan intervyusida aytgan edi:

"RPLning O‘zbekiston chempionatida bitta ustunligi bor. Bu ham bo‘lsa televideniya, ya’ni shunaqa kameralarda olib beradi-ki, maza qilib ko‘rasiz. Agar kameralarni xuddi shunaqa qilishsa bizda ham shunday ko‘rinadi". 

Superliganing darajasi ko‘tarildi, uni xalqqa etkazish uchun mas’ullar ham shu darajada ishlashga majbur!

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q