Superliga. "Xorazm" - "Navbahor" uchrashuvida g‘olib jamoa nomi aniqlanmadi
Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Xorazm" - "Navbahor" klublari o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Ikki gol ham 11 metrlik jarima zarbasidan kiritildi. Dastlab, 24-daqiqada Abbos G‘ulomov hisobni ochgan bo‘lsa, 71-daqiqada "Xorazm" futbolchisi Murod Bobojonov oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi.
Shuningdek, 59-daqiqada "Xorazm" o‘yinchisi Diyorbek Ortiqboev qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlashtirildi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum
Xorazm
- Murodbek Bobodzhonov 71'
Tugadi
1
:
1
03.10.2025 17:00
Navbahor
- Abbos Gulomov 23'
Fikrlar