
Superligada 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi yangi mavsumni qaerda o‘tkazadi?
O‘zbekistonning amaldagi chempioni va Qarshining "Nasaf" jamoasi keyingi mavsum oldidan shartnomasi yakunlangan futbolchilari bilan yangi kelishuvlarni amalga oshirmoqda.
"Ajdarlar" matbuoti kecha Javohir Sidiqov bilan shartnoma uzaytirilgan haqida xabar bergan edi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, Akmal Mozgovoy ham yana bir yil Qarshida qoladi. Futbolchi klub bilan bu borada kelishuvga erishgan. Bundan tashqari, Sharof Muhitdinov ham 2025 yilni "Nasaf"da o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Berdiev shogirdlari hozirda Qarshida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Ushbu yig‘inda Husain Norchaev ham ishtirok etmoqda.
Fikrlar