Superligada siz uchun qaysi o‘yin muhim yoxud mutaxassis 5 ta juftlik haqida nima deydi?

  • 22 sentabr, 2023, 06:53
  • 0
  • Futbol

Bugun Superliganing 19-tur o‘yinlariga start beriladi. Bu safar 5 ta uchrashuv o‘tkaziladi va 2 tasi qoldirilgan.

Jumladan, “Turon” – “Neftchi” 9 noyabrga, “Buxoro” – “Olimpik” esa 10 noyabr sanasiga belgilandi. Shu bois siz bilan biz oldimizda turgan 5 ta juftlikka e’tibor qaratamiz.

Bu borada iste’dodli mutaxassislardan biri Diyor Mirzaboev jamoalarning imkoniyatini baholadi.

22 sentyabr

“Surxon” – “Qizilqum”

“Surxon” jamoasi bu yilgi Superliga bahslarida hammani xayron qoldirmoqda, jamoada mashhur nomlar bo‘lmasa-da, jamoa o‘z ishtiroki bilan futbol mutaxassislarining e’tiborini tortmoqda. Albatta, jamoa o‘z o‘yin uslubiga ega va murabbiylar imzosi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. “Surxon” jamoasini Superliga bahslari tugashi arafasida chempionatda 4-o‘rin uchun imkoniyatlari bor. Vaziyatdan kelib chiqib autsayder jamoadan maksimal ochko olishga harakat qilishlarini taxmin qilish mumkin.

“Qizilqum” jamoasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, katta bir viloyat jamoasi Superligada o‘z joyini saqlab qolish uchun harakat qilmoqda. Amalda bunday vaziyatlarni ilgari ham guvohi bo‘lganmiz. Mening fikrimcha, “Qizilqum” jamoasi ushbu bahsda ochko olish uchun maydonga tushadi. Imkoniyatlar 50\50 deb baholayman.

surxon fanat_3

23 sentbyar

“Andijon” – “Navbahor”

Vodiy derbisi. Ushbu derbida jamoalarni chempionatdagi o‘rni, mavqei hech qanday rol o‘ynamaydi. Shiddatli va kurashlarga boy o‘yin bo‘ladi. “Andijon” birinchi davradagi mag‘lubiyat uchun hisob-kitob qilishi aniq. Undan tashqari, ancha yillardan beri “Andijon” jamoasini bu yilgidek barqaror jamoa bo‘lmagani ham ushbu bahsni qanday o‘tishini taxmin qilish qiyin emas. Aleksandr Andreevich bunday o‘yinlarga jamoasini qanday tayyorlashni yaxshi biladigan mutaxassis.

“Navbahor”ga jamoasiga keladigan bo‘lsak, jamoa Saudiya Arabistonida o‘tgan chempionlar ligasi doirasidagi bahsni qay tariqa o‘tkazganini butun O‘zbekiston guvohi bo‘ldi. “Navbahor” bir xil tarkib bilan o‘ynaydigan jamoa, ko‘p faktorlarni hisobga olgan holda “Navbahor”ga oson bo‘lmaydi. Lekin ichki chempionatda chempionlik uchun kurashayotgan jamoani kerakli o‘yinlarda maksimal ochko oladigan o‘yinlarda qoniqarsiz ishtirokini hisobga olsak, imkoniyatlarni 60\40 deb hisoblayman.

arveladze5_1

OKMK – “Metallurg”

OKMK jamoasining hozirgi holati “Navbahor”nikidek bir xil. Osiyo Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyat va ruhiy tushkunlik alomatlari. Toshkent viloyati derbisi: birinchi davradagi OKMKning alamli mag‘lubiyati jamoaga javob uchrashuvida motivatsiya berishi aniq. Ikki jamoaga ham bir yo‘nalishdagi homiylar to‘qnashuvi desak ham bo‘ladi. Albatta, OKMK jamoasi ijrochilar bo‘yicha “Metallurg” dan ancha balandroq.

“Metallurg” jamoasini oxirgi turlardagi mazmunli o‘yini va kerakli ochkolarni qo‘lga kiritganligini inobatga olsak, imkoniyatlarni 60\40.

okmk_2

24 sentyabr

“So‘g‘diyona” – “Paxtakor”

“So‘g‘diyona” deganda hozirgi kunda ko‘z oldimizga Ivan Boshkovich keladi. Jamoani qiyin vaziyatdan olib chiqib ketdi va yosh futbolchilarni Superliga bahslarida ishtirok etishini ta’minladi. Chempionlik uchun kurashayotgan jamoalarni mag‘lubiyatga uchratdi, ochkolar tortib oldi. Amaldagi chempion “Paxtakor” ushbu turga chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatdan keyin etib keladi. Ishtiyoq va tajriba o‘rtasidagi bahs desak ham bo‘ladi. Imkoniyatlarga kelsak, mening fikrimcha, “Paxtakor” g‘alaba qozonadi.

so‘g‘diyona_2

“Nasaf” – “Bunyodkor”

“Nasaf” jamoasi hozir o‘yin tomondan ko‘tarilish pallasida, chempionlar ligasida safardagi g‘alaba va chempionat, Kubok doirasidagi bahslarni misol qilib keltirish mumkin. Superliga o‘zi yakuniga etib bormoqda. “Nasaf” o‘tgan yilgi xatolarini takrorlamaydigan jamoa va har bir o‘yinda maksimal ochko olish uchun maydonga tushadi. Axir hali chempionlik uchun kurash davom etmoqda.

“Bunyodkor”: yangi murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi, lekin jamoa “Nasaf”ga nisbatan ancha yosh va tajriba etarlicha emas deb hisoblayman. Albatta, bu vaqtinchalik holat. Imkoniyatlarga kelsak, “Nasaf” jamoasining g‘alabasini taxmin qilmoqdaman.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!