
"Surxon" birato‘la 11 ta futbolchi bilan yangi shartnomaga imzo chekdi
"Surxon" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoa bir qator futbolchilari bilan shartnomalarni yangilab olganini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Asror G‘ofurov, Husniddin G‘ofurov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Nizomjon Norov, Azamat Axmedov, Sardor Sulaymonov shartnomalarni 1 yilga uzaytirgan.
Davron Merganov, Muhammadali Abdurahmonov, Kamoliddin Ashurov, Shahzod Toirovning yangi shartnomalari 3 yilga mo‘ljallandi. O‘ral Choriev esa, vohaliklar bilan 4 yillik bitimga imzo chekdi.
Fikrlar