"Surxon" murabbiyi: Noqulay ob-havo o‘yinga salbiy ta’sir ko‘rsatdi

  • 20.11.2020 22:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Superliganing 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Navbahor" - "Surxon" bellashuvidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Vladimir Andreev o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Albatta, bugungi noqulay ob-havo ham o‘yinga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ammo, yaxshiyamki, bugun maydoni qordan tozalangan va sifatli bo‘lgan “Navbahor”ga qarshi to‘p surdik. Menimcha, Superliga klublari orasida faqatgina “Navbahor” noqulay ob-havo sharoitida ham maydonini sifatli saqlay oladigan jamoa.

O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, to‘g‘ri, hududiy ustunlik ko‘proq mezbonlar tarafida bo‘ldi va ular birinchi bo‘limda bundan foydalanib, gol urishga muvaffaq ham bo‘lishdi.  Shuningdek, birinchi 45 daqiqalikda darvozamizga penalti ham belgilandi hamda darvozabon 11 metrli jarima zarbasini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun unga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Shogirdlarimda ham kichik bo‘lsa-da, ayrim imkoniyatlar yuzaga keldi. Lekin yigitlar ulardan foydalana olishmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!