“Surxon” Rossiya klubini ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan “Surxon” jamoasi o‘zining to‘rtinchi nazorat uchrashuvida Rossiya klubini mag‘lub etdi.
Surxondaryoliklar bugungi o‘rtoqlik uchrashuvida “Leningradec” jamoasiga qarshi bahs olib bordi va ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdagi gollar Sarvar Abduhamidov hamda Behruz Karimov tomonidan kiritildi.
Ushbu yig‘in doirasida “Surxon” klubi yana uchta nazorat uchrashuvi o‘tkazadi.

Fikrlar