"Surxon" yosh futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 17.01.2026 15:30
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Surxon" jamoasi Superliganing yangi mavsumi oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Klub bugun navbatdagi yangi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, jamoa safiga 19 yoshli iqtidorli himoyachi Behruz Jumatov qo‘shildi. U asosan markaziy himoyachi pozitsiyasida harakat qiladi, shuningdek, himoya qanotlarida ham o‘ynay oladi. Futbolchi Odil Ahmedov akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U avval "Olimpik" jamoasida to‘p surgan, o‘tgan mavsumni esa Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubida o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, Behruz Jumatov o‘z yoshidagi eng istiqbolli himoyachilardan biri sanaladi. U O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi safida 20 ta uchrashuvda ishtirok etgan va shundan so‘ng Yevropa klublari e'tiborini tortgan.

Ma'lumot uchun, futbolchi bilan shartnoma 1 yil muddatga imzolandi.

Behruz Jumatov
Tug‘ilgan sanasi: 13.02.2006
Fuqaroligi: O‘zbekiston
Ampluasi: Markaziy himoyachi

Faoliyati davomida o‘ynagan klublari:
2023–2024 — "Olimpiya"
2024 — "Olimpik"
2025 — "So‘g‘diyona"

"Surxon" klubi nomidan Behruz Jumatovni jamoaga qo‘shilgani bilan samimiy tabriklaymiz hamda unga termizliklar safida omad, yorqin o‘yinlar va muvaffaqiyatli faoliyat tilaymiz", — deyiladi klub xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!