
Taekvondo. Rashitov va Salaev oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Tehronda taekvondo WT bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Vakillarimizdan Shuhrat Salaev finalda qozog‘istonlik taekvondochini 25-11 hisobida mag‘lub etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ulug‘bek Rashitov esa finalda eronlik Muhammad Husayn Zohidni taslim qildi (25:8) va chempion bo‘ldi.
Bungacha Jasur Jaysunov va Nikita Rafalovich bronza medaliga ega chiqqandi.
Kechagi bahslarda esa, Feruza Sadikova oltin, Svetlana Osipova hamda Charos Qayumova bronza medalini ko‘lga kiritgandi.
Fikrlar