Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston chempionati davom etmoqda
Ahmadbek Eshmatov
Natijalar bilan tanishing.
Shu kunlarda Jizzax shahri taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilyapti. Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirokidagi bahslarning ilk kunida 9 vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Murosasiz bellashuvlarda Behruz Salimov (-54 kg), Nazarali Nazarov (-63 kg), Mironshohmirzo Muzaffarov (-74 kg), Yodgorbek Jo‘raboev (-87 kg), Madina Shoniyozova (-46 kg), Laylo Zayniddinova (-53 kg), Diyora Azizova (-62 kg), Sabina Pardaeva (-73 kg) va Iroda Mirtojieva (+73 kg) o‘z vazn toifalarida chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)