
Taekvondo WT. Milliy terma jamoamiz a’zolari navbatdagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi!
17 fevral kuni taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish maqsadida Saudiya Arabistonining Jidda shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, terma jamoamizning Saudiyadagi yig‘iniga quyidagi sportchilar jalb etilgan:
Ulug‘bek Rashitov (-68 kg)
Jasurbek Jaysunov (-80 kg)
Shuhrat Salaev (-80 kg)
Nikita Rafalovich (+87 kg)
Feruza Sodiqova (-62 kg)
Ozoda Sobirjonova (-67 kg).
Murabbiylar shtabi:
Pavel Xan
Jasur Boyqo‘ziev
Maksim Rafalovich
Paxlavon Sobirov
Vladimir Xan.
Ta’kidlash joiz, ushbu xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida Saudiya va O‘zbekiston sportchilaridan tashqari Iordaniya, Tunis va Misr terma jamoalari ishtirok etadi.
Mashg‘ulotlar 28 fevralga qadar davom etadi.
Fikrlar