Taekvondochi qizlarimiz Xitoydagi turnirni 2 ta bronza medali bilan nihoyasiga yetkazdi
Javohir Malikov
Tayuan shahrida “World Taekwondo Womenʼs Open Championships” turniri bo‘lib o‘tdi
Xitoyning Tayuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha “World Taekwondo Womenʼs Open Championships” turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtlarimizdan Shabbona Abduvalieva -57 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, jamoamiz mazkur musobaqani 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki kun Iroda Mirtojieva (+73 kg) ham shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olgan edi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)