Taekvondochilarimiz “Gran-pri challenje” turnirini 1 ta medal bilan yakunladi
Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Gran-pri challenje” turniri o‘tkazildi. Xabar berganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashdi.
Murosasiz bellashuvlarda hamyurtlarimiz 1 ta kumush medaliga sazovor bo‘lishdi. -67 kg vazn toifasida dayanga ko‘tarilgan Ozoda Sobirjonova finalgacha etib bordi va shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar