Taekvondochilarimiz “Turkish Open” da 3 ta medalga ega chiqdi
Turkiyaning Antalya shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Turkish Open” xalqaro musobaqasi davom etmoqda. Ortda qolgan kun ayollar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
Kumush medal:
-62 kg: Sevinch Hayitova
Bronza medal:
+73 kg: Svetlana Osipova
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar