Taniqli mutaxassis Benzemaning murabbiyiga aylandi (Fabritsio Romano)

  • 03.07.2024 14:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubida besh yil vaqt mobaynida samarali faoliyat olib borgan mutaxassis Stefano Pioli Yaqin Sharqqa yo‘l oldi. 

O‘tgan mavsum so‘nggida "rossonerilar" safini tark etgan Pioli "Al-Ittihod" bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Stefano Jidda klubi bilan 2027 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. 

Bilasiz, ushbu klub safida bir qator jahon yulduzlari, jumladan, Benzema, Kante va Fabino kabi futbolchilar harakat qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!