Asosiy mazmunga oʻtish

Qishgi sport turlari

Tanishing: Biatlonning yangi qiroli Yoxannes Byo

Nurali
Izohlar: 0

Bu yilgi mavsumda norvegiyalik Yoxannes Byo bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

Biatlon bo‘yicha 2018/19 mavsum ham o‘z poyoniga etdi. Ortda qolgan qiziqarli poygalar bizga yangi nomlarni taqdim qildi. 

Xususan, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda norvegiyalik Yoxannes Byo frantsiyalik Marten Furkadning 7 yillik hukmronligiga barham berib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joiz, Furkaddan avval Yoxannesning akasi Tarey Byo 2010/11 yilgi mavsumni umumiy hisobda peshqadam sifatida tugatgan edi. 

Byo joriy mavsumda 1290 ochko jamg‘arishga erishdi. Taqqoslash uchun, uning eng yaqin ta’qibchisi rossiyalik Aleksandr Loginov hisobida 879 ochko mavjud. Kuchli uchlikni yakunlab bergan frantsiyalik Simon Deste hisobida 859 ochko bor. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q