Taremi "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 30.08.2023 13:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Portu" hujumchisi Mehdi Taremi Italiyaning top-klubiga o‘tish arafasida. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, eronlik futbolchi “Milan”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.

"Rossonerilar"ning asosiy maqsadi - hujum chizig‘ini kuchaytirish. Portugaliya chempionatining so‘nggi mavsumining eng yaxshi to‘purari o‘tishga tayyor va "Portu" rahbariyatidan uni "San-Siro"ga qo‘yib yuborishni so‘ragan.

Taremining transferi "Milan"ga bonuslarni hisobga olmaganda 15 million evroga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!