Tarixiy uchrashuvda futbolchilarimizning o‘yini qanday baholandi?
2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan BAA hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs 0:0 hisobida o‘z nihoyasiga etdi. Shu tariqa, Milliy terma jamoamiz A-guruhida 18 ochko to‘plagan holda Amerikada bo‘lib o‘tadigan mundialga yo‘llanma oldi. Terma jamoamiz a’zolarining o‘yini "SofaScore" tomonidan baholandi.
Darvozabon: O‘tkir Yusupov 8.4.
Himoyachilar: Hojiakbak Alijonov 7.4, Abduqodir Husanov 6.8, Rustam Ashurmatov 7.1, Husniddin Aliqulov 7.0, Farrux Sayfiev 6.8.
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov 7.1, Otabek Shukurov 7,3.
Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov 7.5, Oston O‘runov 6.5, Eldor Shomurodov 6.1.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abbosbek Fayzullaev 6.7, Sherzod Nasrullaev 6.4, Hojimat Erkinov 6.5, Abdurauf Bo‘riev 6.3.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning navbatdagi o‘yini 10 iyun Toshkentda Qatarga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar