"Tata Steel Chess India". Magnus Karlsen 1-o‘rin, Nodirbek Abdusattorov esa so‘nggi turda u bilan durang o‘ynadi
Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess India" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Mukofot jamg‘armasi 41 500 AQSh dollarini tashkil etadigan turnir 6-oltinchi bor o‘tkazilmoqda.

U bugun, 15 noyabr kuni Magnus Karlsen (2825) ga qarshi dona surdi. Mazkur bahs durang bilan yakunlandi.
Shu tariqa, "Tata Steel Chess India" turniri rapid qismi yakuniga etdi. Unga ko‘ra, Magnus Karlsen 2 ochko farq bilan 1-o‘rin hamda 10 ming dollar pul mukofotini oldi. Ikkinchi o‘rinni hindistonlik Rameshbabu Praggnanandha egalladi. Kuchli uchlikdan esa aqshlik Uesli So joy oldi.
O‘z navbatida, Nodirbek Abdusattorov 5 ochko 4-o‘rinni egalladi va 2 ming dollar pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Endilikda, Abdusattorov bugundan boshlanadigan turnirning blits yo‘nalishida bahs olib boradi.
Oktyabr oyi so‘ngida e’lon qilingan FIDE reytingida Nodirbek Abdusattorov (2777) 6-o‘rinda bormoqda. U avvalgi oyda ham shu o‘rinni band etgan. Biroq bu safar uning reyting ochkolari 6 taga kamaygan.
Fikrlar