
Tayson Fyuri: "Lo‘lilar qiroli" o‘z taxtini qaytarib oladi"
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri(34-1-1,24 KO) Aleksandr Usikka (22-0,14 KO) qarshi revansh jangi borasida yana bir bor so‘z yuritdi.
“Barchangiz eshiting! Men boksda hamma narsani – unvonlarni, rekordlarni zabt etdim, ammo mag‘lubiyatdan keyin qaytib kelmadim. "21-dekabr kuni qirollikning yuragida joylashgan Ar-Riyodda qirol o‘z taxtini qaytarib oladi. Bu shubhasiz bo‘ladi. Usik, men sen tomon boryapman! "Lo‘lilar qiroli" bilan uchrashishga tayyor bo‘l! Men o‘z kamchiliklarimni ko‘rdim va muvaffaqiyatim muqarrarligiga ishonaman”, -deya o‘z ijtimoiy tarmoqlariga post qoldirdi Fyuri.
Eslatib o‘tamiz, ularning 1-jangi 18 may kuni bo‘lib o‘tgandi va unda Usik ochkolar hisobida g‘alaba qozongan.
Fikrlar