Tchuamenining joyi o‘zgaradi
Vaziyat shuni taqozo etmoqda
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu «Vilyarreal»ga qarshi chempionat uchrashuvi oldidan markaziy himoyada kimga ishonishi mumkinligi ma'lum bo‘ldi.
«Marca» nashri xabariga ko‘ra, «qirollik klubi» hozir markaziy himoyachilar bo‘yicha jiddiy tanqislikka duch kelgan. Ayni paytda jamoada faqat tajribali nemis himoyachisi Antonio Ryudiger o‘yinga tayyor. Konate, Asensio va Militao turli jarohatlar sabab maydonga tusha olmaydi. Din Xeysen esa o‘tgan turda «Atletiko»ga qarshi Madrid derbisida qizniq kartochka olgani uchun bu safar jamoaga yordam bera olmaydi.
Shu sharoitda Joze Mourin'yu markaziy himoya chizig‘ida odatda yarim himoyada harakat qiladigan fransuz futbolchisi Orelien Tchuameni xizmatidan foydalanishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mourin'yu boshqaruvidagi «Real» hozirgi paytda Ispaniya chempionati jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar (0)