Teddi Atlas: "Hozir ko‘pchilik e’tiroz bildirmoqda, ammo jang natijasi haqqoniy bo‘ldi"

  • 14.10.2024 17:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Taniqli murabbiy Teddi Atlas Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.

"Men o‘zim ham o‘sha jangdagi ochkolarni taxminan hisoblab bordim. Yakunda esa aniq g‘olib bor edi. Menimcha, Beterbiev 115-113 hisobida g‘alaba qozondi. Hozir ko‘pchiilik e’tiroz bildirmoqda, ammo jang natijasi haqqoniy bo‘ldi", - deya murabbiyning so‘zlarini keltirdi "Boxing News". 

Eslatib o‘tamiz, murosasiz kechgan jangda Artur Beterbiev ochkolar bo‘yicha (114-114, 115-113, 116-112) Dmitriy Bivoldan ustun keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!